Shanba, 04.05.2024, 03.33

Приветствую Вас Mexmon | RSS

Главная » 2012 » Yanvar » 28 » SONY kompaniyasidan yangi tel model
01.16
SONY kompaniyasidan yangi tel model
Yaponiyaning "Sony” kompaniyasi Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan "Consumer Electronics Show 2012” ("CES 2012”) ko‘rgazmasida o‘z brendi ostidagi ilk smartfon – "Xperia S” smartfonini namoyish qildi. Ushbu model "Xperia NXT” apparatlari oilasiga kiruvchi ilk smartfon sanaladi. "Xperia S” HD-smartfoniga ikki yadroli, 1,5 Ggs chastotali protsessor o‘rnatilgan. Apparat 4,3 dyumlik, 1280 x 720 piksel rezolutsiyali ekranga ega. Apparatga "Full HD” texnologiyasini qo‘llab- quvvatlovchi 12 megapiksellik orqa kamera hamda video- qo‘ng‘iroqlar uchun 1,3 megapiksellik old kamera ham o‘rnatilgan. Qurilmada HDMI, USB 2.0 chiqish teshiklari ham mavjud. "Xperia S” modeliga qisqa masofali simsiz aloqa texnologiyasi – NFC (near field communication) chipi ham o‘rnatilgan. Smartfonga "Android Market”dan tashqari "PlayStation Store” onlayn- do‘konidan ham mobil o‘yinlarni ko‘chirib olish mumkin. Uning ichki xotira kartasi 32 gigabaytga teng. "Sony Xperia S” smartfon
Apparat 2012-yilning birinchi choragidayoq sotuvga chiqariladi. Uning narxi haqida hali biror ma’lumot mavjud emas. "Xperia S” smartfoni "Android 2.3 Gingerbread” mobil operatsion tizimida ishlaydi, shu yilning ikkinchi choragidan boshlab uni "Android 4.0 Ice Cream Sandwich” operatsion tizimiga ham yangilash mumkin. Eslatib o‘tamiz, "Xperia” oilasiga kiruvchi telefonlar seriyasi ilk marta 2008-yilda chiqarilgan bo‘lib, uni "Sony” va "Ericsson”
kompaniyalari o‘rtasida tuzilgan "Sony Ericsson” qo‘shma korxonasi ishlab chiqarar edi. 2011-yilning kuzida ma’lum bo‘ldiki, "Sony” ushbu qo‘shma korxonadagi "Ericsson”ning 50 foizlik ulushini 1,05 milliard yevroga sotib olib, uning to‘liq egasiga aylandi. Endi "Xperia
NXT” smartfonlarini "Sony” kompaniyasining o‘zi ishlab chiqaradi.
Прикрепления: rasm 1
Категория: Dunyo habarlari | Просмотров: 1185 | Добавил: TARNADO92 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]