Payshanba, 28.03.2024, 11.55

Приветствую Вас Mexmon | RSS

Главная » 2012 » Yanvar » 30 » TEMUR KAPADZE
17.41
TEMUR KAPADZE
Ko`pchilikni qiziqtirayotgan savolga oydinlik kiritamiz. Temur Kapadze ham, Aleksandr Geynrix ham faoliyatlarini BAAda davom ettirishni juda ham istamaganlar. Buguni kunda bu futbolchilarimizga Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya va Yaponiya kabi kuchli chempionatlardan takliflar bor.
Lekin bu yurt vakillarining osiyolik futbolchi uchun ajratilgan limitlari tugaganligi bois, yuqoridagi ikki futbolchimizni faqat iyun oyida ochiladigan transfer bozorida o`z saflariga qo`shib olish imkoniyatiga ega bo`ladilar xolos. Shuning uchun ham futbolchilarimiz o`yin amaliyotini yo`qotmaslik uchun BAAning quyi o`rinlarida turgan jamoalaridan tushgan takliflarni qabul qilganlar. Tabiiyki kuchsiz jamoada raqobat ham kuchsiz bo`ladi. Bu esa futbolchilarimiz uchun ayni muddao, ular murabbiyga o`zlarini ko`rsatib o`tirmaydilar. Eg muhimi ularda o`yin amaliyoti bo`ladi va yoz faslida kuchli chempionatga ko`chib o`tish imkoniyatiga ega
bo`ladilar. Ular o`yin amaliyotlarini o`zimizning jamoalarimizda ham ega bo`lishlari mumkin edi-ku deyayotganlar ham yo`q emas.
Bizda birinchi davra o`yinlari qachon tugashi ma'lum emas. Tahminan iyul oyining oxirlarida birinchi davra yakuniga etadi. Bu o`yinchilarimiz esa may oyining so`nggida yangi jamoalarining safida ko`rikdan o`tishlari lozim
bo`ladi. Tabiiyki bunday ЎzPFLda o`ynaydigan bo`lsalar 10 turdan keyin klubni tark etishlari lozim bo`lar edi. Shunday ekan, BAA varianti futbolchilarimiz va terma jamoamiz uchun har tomonlama foydadan holi emas.
Прикрепления: rasm 1
Категория: Sport habarlari | Просмотров: 12417 | Добавил: TARNADO92 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]