Juma, 03.05.2024, 21.43

Приветствую Вас Mexmon | RSS

Главная » 2011 » Avgust » 29 » DARGONDA IJODIDAN PARCHALAR
18.51
DARGONDA IJODIDAN PARCHALAR

Sevib - sevib yuzlaringni ko`rolmasam
Boqib - boqib yuzlaringga to`yolmasam

Lablaringga lablarimni bosolmasam
Uvolmasmi oshiq yigit degan nomim

Ko`p izlab hech jamolingga yetolmasam
Ko`rsam doim yonginangdan hech ketolmasam
Jonim deya qo`llaringdan tutolmasam
Uvolmasmi oshiq yigit degan nomim

Hijronlarda ohir yondim kuyib-kuyib
Bag`rimga bir bosolmadim to`yib-to`yib
O`ylagayman tosh yostiqqa boshim qo`yim
Uvolmasmi oshiq yigit degan nomim

Kerak bo`lsa senga jonim fido etay
Dardning so`ngi manziliga borib yetay
Lekin parvo qilmasang aytgin netay
Uvolmasmi oshiq yigit degan nomim

Men kutaman sabrim meni harob etmas
Hech bir go`zal aslo jonim senga yetmas
Ko`p o`yladim bir savol hech dildan ketmas
Uvolmasmi oshiq yigit degan nomim.
***************************************
Yaxshi yigit yaxshi qizni aldamas
Chin muhabbat chiroyli qiz tanlamas
Ibo hayo aql farosat bo`lsa
Yaxshi yigit yaxshi qizni aldamas.
***************************************
Aytilgan so`zlar bo`lsada ro`yo
Maftun etsa gar o`zga bir dunyo
Qalbim yig`lasda kulib yashayman
Men sizni baribir sevib yashayman.
***************************************
Shunday baht topgin g`aming bo`lmasin
Do`stlaring ichida kaming bo`lmasin
Shunday yor topgin vafoli bo`lsin
O`zingdan o`zgaga ko`ngil bermasin.
***************************************
Sizni sog`inib boshlanar kunim
Sog`inib o`tadi butun kunduzim
Sog`inib kechlari bedordir tunim
Balki sog`inib tugaydi umrim.
***************************************
Kipriklar yasharkan ko`zni sog`inib
Til yasharkan so`zni sog`inib
Daryoni sog`inib yashaydi qirg`oq
Men esa yashayman sizni sog`inib.
***************************************
Kimnidir yo`liga termulaman zor
Kimnidir qalbiga berganman ozor
Kimnidir esidan chiqganman balki
Kimnidir qalbida yashayman hamon.
***************************************
Yonimda emas qalbimda borsiz
Ko`rolmas ko`zim hayolimdasiz
So`zlamas tilim she`rimda borsiz
Ollohga shukur dunyoda borsiz.
***************************************
Oruzdir gohida qo`l yetmas osmon
Goh unda armondir gohida hijron
Yo`llari goh qiyin gohida oson
Muhabbat yaxshiyu qiynog`i yomon.
***************************************
Sevaman bu dunyodan ko`zim yumguncha
Sevaman ruhim osmon uzra chiqguncha
Sevaman sevgim sizga yetguncha
Sevaman to siz ham mendek sevgunizcha.
***************************************
Oppoq orzular qanoti bo`lsam
Baland daraxtlar shohiga qo`nsam
Qaniydi azroil shogirdi bo`lsam
Meni unutganni jonini olsam.
***************************************
Kapalakka aylanib qolgim kelyapti
Uchib yoningizga borgim kelyapti
Dardlarimni to`kib solgim kelyapti
Tuyg`ularim haqqi sizni juda sog`indim.
***************************************
Eshingizdan qushlar uchib o`tmasin
Mendan boshqa yorga ko`ngliz ketmasin
Mendan boshqa yorga ko`ngliz ketganda
Topgan yoringiz bir haftaga yetmasin.
***************************************
Ba`zilar sevadi qora qosh uchun
Ba`zilar sevadi uzun soch uchun
Ba`zilar sevadi shirin so`z uchun
Xamisha sevmoq kerak toza qalb uchun.
***************************************
Ollohdan davlat emas
O`zim uchun jannat emas
Bir umrlik rohat emas
Undan faqat sizni so`radim.
***************************************
Taqdirimga ayriliq bitganda
Peshonamga visol bitmaydi
Sevish uchun bir on yetganda
Unutishga umrim yetmaydi.
***************************************
Muhabbat azobi qiynaydi meni
Yuragim ezilar eslasam seni
Ey jonim bu darddan halos et meni
Chin so`zim o`lguncha sevaman seni.
***************************************
Sevgi o`zi besh harf
Besh qit`ani titratar
Ba`zilarga baht ulashib
Ba`zilarni yig`latar.
***************************************
Bevafodan vafo kutib hato qildim
Ko`ngli yo`qqa ko`ngil berib jafo ko`rdim
Na ilojki qon-qon yig`lab ko`ksim tildim
Yaratgandan bu dardimga davo so`radim.
***************************************
Lablaring o`pib kuydirsam deyman
Tunlari lazzatdan to`ydirsam deyman
Bag`ringga o`zimni g`unchadek o`zimni otib
Muhabbat kuyida kuydirsam deyman.
***************************************
Tongda ochilgan gulni
Tong guli deb biling
Ushbu yozgan she`rlarimni
Rahimjondan deb biling.
***************************************
Просмотров: 943 | Добавил: DARGONDA | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 5
0  
5 Alik   (07.01.2012 21.46) [Материал]
Omad

0  
4 Alik   (07.01.2012 21.46) [Материал]
Ajoyib sherlar ekan qoyil qoldim

0  
3 ShuM_BolA   (07.01.2012 14.33) [Материал]
Qoil juda ham zur

0  
2 DIYORA   (05.01.2012 10.48) [Материал]
Omad

0  
1 dJ_VoHa   (07.09.2011 16.25) [Материал]
Ajoyib sherlar ekan qoyil qoldim

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]