Dushanba, 29.04.2024, 09.33

Приветствую Вас Mexmon | RSS

Главная » 2012 » Yanvar » 21 » OMADLI BAHROM
16.35
OMADLI BAHROM
OMADLI BAHROM
OMADLI BAHROM
Qay bir ishga qo‘l
ursam,
Aksi bo‘ladi doim.
Maktabga
shoshganimda,
Hech sovimaydi
choyim.
Uyqudan ko‘zlarimni,
Har tong ochaman arang.
Yakshanba kuni esa
Uyqum qochadi qarang.
Futbolda to‘p oyoqqa
Tegib qolsa, men shosha,
Tepsam uchib ketadi,
Raqib darvoza osha.
OMADLI BAHROM
Qay bir ishga qo‘l ursam,
Aksi bo‘ladi doim.
Maktabga shoshganimda,
Hech sovimaydi choyim.
Uyqudan ko‘zlarimni,
Har tong ochaman arang.
Yakshanba kuni esa
Uyqum qochadi qarang.
Futbolda to‘p oyoqqa
Tegib qolsa, men shosha,
Tepsam uchib ketadi,
Raqib darvoza osha.
Kitobni qo‘lga olsam,
Uyqu kelar ko‘zimga...
Men yaqinda bir yangi,
Do‘st tanladim o‘zimga.
“Sportjon” – uning ismi,
Chin do‘st, buni bilaman.
Uning maslahatiga,
Doim amal qilaman.
Do‘stim tufayli, qarang,
Omad menga esh bo‘ldi.
Ishlarim chappa emas,
Endi bari “besh” bo‘ldi.
YANGI QIZ
3-“B” sinfga,
Yangi o‘quvchi keldi.
Degan ajib xushxabar,
Zumda har yon yoyildi.
“Yangi qiz”ni ko‘ray deb,
Shoshib kirdim xonaga.
Qizcha bo‘lsa iymanib,
Termulardi oynaga.
Ismini surishtirsam:
– Nozima, – dedi asta.
– Nimasi yangi? – deya,
O‘yga toldim birpasda.
Ko‘chamizda bir talay,
Nozimalar yashaydi.
Papkasi, lentasi ham,
Biznikiga o‘xshaydi.
Boshdan oyoq termulib,
Yonidan ketolmayman.
Nechun “yangi qiz” derlar,
O‘yimga yetolmayman.
Категория: Sheriyat olami | Просмотров: 650 | Добавил: JAJJI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 3
0  
3 TARNADO92   (28.01.2012 06.30) [Материал]
hands

0  
2 TARNADO92   (28.01.2012 06.30) [Материал]
hands

0  
1 TARNADO92   (28.01.2012 00.07) [Материал]
Qoyil

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]