Sanjarmi yoki Sardor? Bu ikki ism nazarimizda, honanda Sardor Rahimxon uchun birdek qadrli bo'lsa kerak. Xoh Sardor deb chaqirishsin xoh Sanjar, xonanda ikkalasiga ham "labbay" deb qaraydi. Taxallusining tarixiga nazar solsak, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Sardor Rahimxon shunday deydi: "Sezaman" radiosida ilk faoliyatimni boshlagan kezlarim, bosh muxarrir barcha radio boshlovchilarga taxallus bilan chiqish shart ekanligini aytgandi. Sardor ismi esa menga yoqadi. Shuning uchun Sardorni tanladim, qolaversa, familyamni ham Rahimovdan Rahimxonga o`zgartirdim. Albatta, boshlovchilikdan keyin xonandaligimni boshlashimda, omadli tahallusimni almashtirishimning keragi yo'q edi.
|